Бисмиллаҳир роҳманир роҳим

uzur so'rayman lekin bir narsani tushunolmayapman ...

  • 4-декабр 2018, 15:06
  • 1389

Савол:
Assalamu Alaykum sizlardan uzur so'rayman lekin bir narsani tushunolmayapman bir marta xayolimga yomon narsa yomon gap kelganda qo'rqip ey xudoyim bizlar o'zimizga o'zimiz insoniyat tarixida bo'lmagan zulmni qildik agar bizlarni kechirmasang albatta insoniyat tarixida bo'lmagan ziyonni ko'rurmiz degan gap kelgandi bu gap qaerdan keldi bilmayman do'stdanmi dushmandanmi Ollohu alam hozir shu gapni aytsam ahvolim yaxshilaniyapti man bu gapni istig'for deb o'ylayapman yoki shu niyatda aytganim uchun Olloh istig'for sifatida qabul qilyaptimikin lekin bunaqa istig'for yo'q degandiyzlarku shunga hayronman to'g'risi man qiziquvchan man savolni takror yo'llayatganim uchun uzur so'rayman boshqa xil istig'for duolarini aytsam bug'iliveraman yana shu yuqoridagi gap yuragimga keleveradi to'g'risi bir necha oydan buyon faqat birinchi bo'lip shu gapni aytip tugatishim kerak deb o'ylayapman keyin boshqa kalimalar o'zi yurakga keladi deb o'ylayapman ichimdan bir ovoz shu gaplarni aytip tugatip ol deydi

Жавоб:
Ва алайкум ассалом! Сиз шаръий масалаларда кўнглингизга келган ишни қилманг. Балки суннатда ворид бўлган зикрларни айтинг. Сизга яна бир истиғфорни тавсия қиламиз, шуни ўқиб юринг. “Роббанаа золамнаа анфусанаа ва ин лам тағфир ланаа ва тарҳамнаа ланакунанна минал-хосирийн”. Маъноси: “Эй, Раббимиз! Биз ўзимизга (ўзимиз) зулм қилдик. Агар бизни кечирмасанг ва бизга раҳм қилмасанг, биз, албатта, зиён кўрувчилардан бўлиб қолурмиз”. Бундан бошқа истиғфорлар ва зикрларни ҳам кўп ўқинг. Намозга мустаҳкам бўлинг!

ЎМИ фатво ҳайъати.
Каналга уланиш учун линкни устига босинг!